«Real» yozgi transfer oynasida himoyachi Fran Garsiyani sotishga tayyor.
Diario de Sevilla nashrining xabariga ko‘ra, futbolchining transferiga «Betis» qiziqish bildirmoqda. Sevilya klubi o‘yinchining ehtimoliy o‘tishi bo‘yicha «qaymoqranglilar» rahbariyati bilan allaqachon bir necha bor bog‘langan. Madrid klubi Garsiya uchun 10 million yevro narx belgiladi, biroq «Betis» hozircha himoyachi uchun buncha mablag‘ to‘lashga tayyor emas.
Fran Garsiya — «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi klub safinda barcha turnirlarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













