«Yuventus» shu yozda yangi darvozabon qidirmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, Turin klubi «Napoli» posboni Vanya Milinkovich-Savichni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. «Yuventus» serbiyalik futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborib ulgurgan.
Vanya Milinkovich-Savich shu yozda 6 million yevro evaziga «Torino»dan «Napoli»ga o‘tgan edi. Uning Neapol klubi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda darvozabon barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 38 ta gol o‘tkazib yubordi va 15 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt portali Milinkovich-Savichning transfer bahosini 20 million yevroga baholamoqda.













