Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Tottenxem» 19 yoshli nemis transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

«Tottenxem» 19 yoshli nemis transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

Germaniyaning «Kyoln» klubi qanot hujumchisi Said El-Mala «Tottenxem» a’zosiga aylanishi mumkin.

TEAMtalk nashrining xabar berishicha, «shporlar» o‘tgan mavsumda yorqin o‘yin ko‘rsatgan 19 yoshli hujumchining transferi bo‘yicha muzokaralarga kirishgan. Londonning «Tottenxem» klubi bu poygada «Nyukasl» va «Nottingem Forest»ni ortda qoldirmoqchi. Bitim summasi 40-50 million yevroni tashkil etishi mumkin.

Yakunlangan Bundesliga mavsumida El-Mala 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 13 bor ishg‘ol qildi va o‘z hisobiga beshta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Vingerning «Kyoln» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 19:19, 18.06.2026.
O'qildi: 948 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик