Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

JCH-2026. Meksika Janubiy Koreyani mag‘lub etib, keyingi bosqich masalasini hal qildi

JCH-2026. Meksika Janubiy Koreyani mag‘lub etib, keyingi bosqich masalasini hal qildi

Baho:
+ | -

Meksikaning Sapopan shahridagi “Akron” stadionida 2026-yilgi Jahon chempionati “A” guruhining 2-turidan o‘rin olgan Meksika hamda Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Keskin va murosasiz kechgan bahsda mezbonlar 1:0 hisobidagi kichik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. O‘yin taqdirini hal qilgan yagona va hal qiluvchi gol esa ikkinchi taym boshida yuzaga keldi. 50-daqiqada Janubiy Koreya terma jamoasi darvozaboni Kim Sin Gyu o‘z jarima maydonchasida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Bundan unumli foydalangan meksikalik himoyachi Luis Romo to‘pni darvozaga aniq joylab, o‘z jamoasiga muhim 3 ochkoni keltirdi. Qolgan daqiqalarda osiyoliklar qanchalik harakat qilmasin, hisobni tenglashtirishning imkoni bo‘lmadi.

Eslatib o‘tamiz, “A” guruhining 1-turida Meksika JAR terma jamoasini ishonchli (2:0) mag‘lub etgan bo‘lsa, Janubiy Koreya Chexiya ustidan g‘alaba (2:1) qozongan edi. Bugungi natijadan so‘ng Meksika o‘z ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi va pley-off masalasini deyarli hal qildi. Janubiy Koreya hisobida esa 3 ochko saqlanib qoldi.

JCH-2026. “A” guruhi, 2-tur
Meksika — Janubiy Koreya 1:0
Gol: Romo (50).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:19, 19.06.2026.
O'qildi: 1642 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик