Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Atletiko» Syorlotning narxini belgiladi: unga ikkita da’vogar bor

«Atletiko» Syorlotning narxini belgiladi: unga ikkita da’vogar bor

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi 30 yoshli hujumchisi Aleksandr Syorlotni yozgi transfer oynasida qo‘yib yuborishi mumkin.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, «matraschilar» norvegiyalik forvardni 35 million yevro evaziga sotishga tayyor. Futbolchining xizmatlariga anchadan beri «Yuventus» qiziqish bildirib kelayotgan edi, endilikda ushbu kurashga Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi ham qo‘shildi.

Yakunlangan mavsumda Syorlot barcha turnirlarda 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 20 bor ishg‘ol etdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hujumchining «Atletiko» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari o‘yinchining transfer qiymatini 18 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 15:16, 19.06.2026.
O'qildi: 1201 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик