Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

«Barselona» Kambyaso transferiga Arauxoni qo‘shishga tayyor

«Barselona» Kambyaso transferiga Arauxoni qo‘shishga tayyor

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi «Yuventus»ning qanot himoyachisi Andrea Kambyazoga qiziqish bildirishda davom etmoqda. «Ko‘k-anorranglilar» italiyalik futbolchining transferini amalga oshirish uchun Ronald Arauxoni ushbu kelishuvga qo‘shish variantini ko‘rib chiqishmoqda. Bu haqda «La Gazzetta dello Sport» nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ta’kidlashicha, «Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti Kambyazoga jiddiy ishonch bildirmoqda, biroq Turin klubi «byudjet cheklovlari» tufayli futbolchini sotib yuborish ehtimolini butunlay inkor etmayapti.

Yakunlangan mavsumda Kambyazo barcha turnirlarda jami 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. O‘yinchining turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. «Transfermarkt» portali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 16:10, 19.06.2026.
O'qildi: 2241 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик