Jazoir futbol federasiyasi JCH-2026 doirasida Argentinaga qarshi uchrashuvda yo‘l qo‘yilgan hakamlik xatolari yuzasidan FIFAga rasmiy shikoyat yo‘lladi.
Ma’lum qilinishicha, shikoyatda polshalik bosh hakam Shimon Marsinyak tomonidan jazosiz qoldirilgan ikki muhim epizod qayd etilgan.
Birinchi holat uchrashuvning 31-daqiqasida sodir bo‘lgan. Federasiya fikricha, Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Jazoir himoyachisi Ayssa Mandining boldir qismiga butsaning tishlari bilan zarba bergan. Biroq Marsinyak bu vaziyatda hatto sariq kartochka ham ko‘rsatmagan.
Ikkinchi bahsli epizod esa 74-daqiqada yuz bergan. Argentina yarim himoyachisi Aleksis Mak Allisterning tirsagi Jazoir futbolchisi Ibrohim Mazaning yuziga tekkan. Natijada futbolchi maydonga yiqilgan, ammo hakam qoidabuzarlikni qayd etmagan va penalti belgilamagan.
Eslatib o‘tamiz, 17 iyun kuni bo‘lib o‘tgan bahs Argentina terma jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Jamoa sardori Lionel Messi 17, 60 va 76-daqiqalarda gol urib, xet-trik muallifi bo‘lgan.
Birinchi turdan keyin Argentina "J" guruhida peshqadam bo‘lib turibdi, Jazoir esa to‘rtinchi o‘rinni egallagan.













