Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

«Nyukasl» Voltemadega narx belgiladi

«Nyukasl» Voltemadega narx belgiladi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Nyukasl» klubi germaniyalik hujumchi Nik Voltemade bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda jurnalist Mark Brus xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli hujumchi shu yozda katta ehtimol bilan «Nyukasl»ni tark etadi. Ayni paytda futbolchining harakatlarini Dortmundning «Borussiya»si, Madridning «Atletiko»si va «Aston Villa» klublari kuzatib bormoqda.

«Qarg‘alar» transfer bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor va Voltemadening sotuvidan taxminan 65 million yevro ishlab olmoqchi. Biroq futbolchiga qiziqish bildirayotgan klublar uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berishlarini so‘rashmoqda.

O‘tgan yozda «Nyukasl» Voltemadeni 75 million yevro evaziga sotib olgan edi. Eddi Xau qo‘l ostida hujumchi jami 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:13, 20.06.2026.
O'qildi: 760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик