Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Kazemiro Messining jamoadoshiga aylanadi

Kazemiro Messining jamoadoshiga aylanadi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Kazemiro tez orada Lionel Messi to‘p surayotgan «Inter Mayami» klubi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, 34 yoshli futbolchining transferi to‘liq hal bo‘lgan. Yaqin vaqt ichida barcha hujjatlarga imzo chekilishi va transfer rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Kazemiro 2022 yildan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Yakunlangan mavsumda tajribali xavbek barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali braziliyalik yarim himoyachining bozor qiymatini 6 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 17:05, 20.06.2026.
O'qildi: 898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик