Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

«Manchester Siti» va «Chelsi» Mareska uchun tovon puli borasida muzokara olib bormoqda

«Manchester Siti» va «Chelsi» Mareska uchun tovon puli borasida muzokara olib bormoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» Enso Mareskani bosh murabbiy lavozimiga tayinlash uchun «Chelsi» klubiga tovon puli to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

London klubining fikricha, italiyalik mutaxassis hali «Stemford Bridj»da faoliyat yuritayotgan vaqtidayoq «Siti» bilan muzokaralar olib borib, shartnoma shartlarini buzgan. «Chelsi» rahbariyati murabbiy va Manchester klubi o‘rtasidagi bunday ruxsat etilmagan yashirin aloqalar bo‘yicha yetarli isbot-dalillarga ega ekanligiga ishonchi komil.

Londonliklar ushbu vaziyat yuzasidan huquqiy choralar ko‘rish (sudga berish) masalasini ko‘rib chiqishmoqda, biroq baribir muammoni tinch yo‘l bilan hal qilishni afzal ko‘rishadi. Kutilishicha, tovon puli miqdori 11,5 million yevrodan ko‘proqni tashkil etadi.

Klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, Mareskaning o‘zi esa yangi klubida ishni iloji boricha tezroq boshlashdan umidvor. Hozircha «Manchester Siti» va «Chelsi» ushbu vaziyat bo‘yicha rasmiy izoh berishdan bosh tortishdi.

Kiritildi: 17:15, 20.06.2026.
O'qildi: 927 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик