Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

FIFA Germaniya — Kot-d'Ivuar uchrashuvining eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi

FIFA Germaniya — Kot-d'Ivuar uchrashuvining eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi hujumchisi Deniz Undav JCH-2026 guruh bosqichidan o‘rin olgan Kot-d'Ivuarga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Uchrashuv Kanadadagi «Bi-Em-O Fild» stadionida bo‘lib o‘tdi va Germaniyaning 2:1 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlandi. Nemislar bahs davomida hisobda ortda borayotgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi.

29 yoshli Undav maydonga 60-daqiqada zaxiradan tushirildi va jamoasi g‘alabasining asosiy qahramoniga aylandi. Hujumchi 68-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 90+4-daqiqada g‘alaba golini kiritib, dubl qayd etdi.

Statistikaga ko‘ra, Undav 30 daqiqa harakat qildi. U darvoza tomon uchta zarba berdi va ularning barchasi aniq chiqqan. Shuningdek, ikki marta hal qiluvchi uzatma amalga oshirdi. Uning uzatmalar aniqligi 88 foizni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi guruh bosqichining so‘nggi turida Ekvadorga qarshi bahs olib boradi. Kot-d'Ivuar esa Kyurasao bilan kuch sinashadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:33, 21.06.2026.
O'qildi: 1469 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик