«Real», «Tottenhem» va «Los-Anjeles»ning sobiq futbolchisi Garet Beyl Amerikaning MLS ligasidagi o‘yin Yevropaning top-chempionatlaridagidan nimasi bilan farq qilishini tushuntirdi.
«Bu yerda, AQSHda mag‘lubiyatdan keyin hech qanday oqibat bo‘lmaydi. «Real»da agar yutqazib qo‘ysang, bu xuddi dunyoning oxiridek qabul qilinadi. «Los-Anjeles» safidagi birinchi o‘yinimni eslayman. Men bosim to‘lqinini, ehtimol, haqoratlar va OAVdagi tanqidiy maqolalarni kutgan edim. Ammo mag‘lubiyat xotirjam qabul qilindi... Chunki buning bunday jiddiy oqibatlari yo‘q, qolaversa, bu yerda muhit boshqacha. Bu menga yoqdi. AQSHda oilaviy muhit hukmron», — deya Garet Beylning so‘zlarini keltiradi The Athletic nashri.













