Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Jahonbaxsh: «Biz oddiy adolatni xohlaymiz»

Jahonbaxsh: «Biz oddiy adolatni xohlaymiz»

Baho:
+ | -

Eron terma jamoasi hujumchisi Alireza Jahonbaxsh terma jamoa unga qarshi amalda bo‘lgan taqiqlar tufayli duch kelayotgan qiyinchiliklar haqida gapirib berdi.

«Biz oddiy adolatni xohlaymiz. Boshqa jamoalarga bo‘lgani kabi munosabat bo‘lishini istaymiz. Menimcha, biz juda ko‘p narsa so‘ramayapmiz. Boshqa tomondan, bu bizning madaniyatimizning bir qismi — og‘ir vaziyatda biz yaxshiroq o‘ynaymiz. Qiyinchiliklar bizni birlashtirdi. Biz o‘z xarakterimizni ko‘rsatdik va bu qisman jahon chempionatida qanday vaziyatga tushib qolganimiz bilan bog‘liq», — deya Jahonbaxshning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Avvalroq Eron futbol federasiyasi terma jamoa duch kelgan cheklovlar yuzasidan FIFAga rasmiy shikoyat taqdim etishini ma’lum qilgan edi. Norozilikka jamoaga guruh bosqichi 2-turi doirasida Belgiya terma jamoasiga qarshi (0:0) o‘yin uchun Los-Anjelesga dastlab so‘ralganidek ikki kun emas, balki faqat o‘yindan bir kun oldin yetib borishga ruxsat berilgani sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 16:24, 22.06.2026.
O'qildi: 739 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик