Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/06 22:00 Braziliya 2-1 Yaponiya
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar - Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya - Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR

De Laurentis Jahon chempionati tashkilotchiligini «aql bovar qilmas» deb atadi

De Laurentis Jahon chempionati tashkilotchiligini «aql bovar qilmas» deb atadi

Baho:
+ | -

«Napoli» klubi prezidenti Aurelio de Laurentis Jahon chempionatining tashkiliy darajasini yuqori baholadi. Eslatib o‘tamiz, dunyo birinchiligi o‘yinlari AQSHdan tashqari Kanada va Meksika maydonlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.

«Men uchrashuvlarni rafiqam va do‘stlarim bilan birgalikda kuzatyapman. Rafiqamning terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun stadionda Shveysariya — Bosniya va Gersegovina o‘yinini tomosha qildim. Bu juda ajoyib arena, transport va avtoturargohlar tizimi mukammal tashkil etilgan — hech qayerda navbatlar yo‘q. Shuningdek, Kevin De Bryoyne va Romelu Lukakuni qutlash uchun Belgiya — Eron uchrashuviga ham tashrif buyurdim», — deya Laurentisning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia.

De Laurentis turnirning keng ko‘lami va ommaviyligiga alohida to‘xtalib o‘tdi:

«Bu shunchaki aql bovar qilmas darajada. Chiptalar narxi yuqori bo‘lishiga qaramay, stadionlar, hatto 70 ming tomoshabinga mo‘ljallangan arenalar ham haftaning ish kunlarida to‘lib-toshmoqda. Bu futbolning AQSHda qanchalik muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu yerda "sokker" deb ataladigan o‘yin kelajakda haqiqatan ham katta mavqega ega bo‘lishi mumkin».

Tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tayotgan Jahon chempionati 19 iyul kuni o‘z yakuniga yetadi.

Kiritildi: 19:53, 22.06.2026.
O'qildi: 857 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик