Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina 2-0 Avstriya
23/06 02:00 Fransiya 3-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya 3-2 Senegal
23/06 08:00 Iordaniya 1-2 Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar

“Ronaldu — buyuk futbolchi, ammo o‘yin boshlangach buni unutish kerak” — Kannavaro

“Ronaldu — buyuk futbolchi, ammo o‘yin boshlangach buni unutish kerak” — Kannavaro

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turi doirasida Portugaliyaga qarshi kechadigan bahs oldidan O‘FA matbuot xizmatiga intervyu berdi. Italiyalik mutaxassis raqibning kuchi, o‘yinga tanlangan reja va o‘zining murabbiylik faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

“O‘yinchilardagi bosimni tushirishga harakat qilyapman”

“Men futbolchilarimdagi bosimni kamaytirishga harakat qilaman, chunki biz jahon chempionatining eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynaymiz. Portugaliya tarkibi yulduzli futbolchilarga to‘la va, albatta, ularning safida Krishtianu Ronaldu bor. So‘nggi 20 yil ichida u Lionel Messi bilan bir qatorda dunyoning eng buyuk futbolchilaridan biri bo‘lib kelmoqda.

Portugaliya to‘pni nazorat qilishni yaxshi ko‘radi, raqibga bosim o‘tkazish imkonini bermaydi. Ular qisqa paslar orqali o‘yinni boshqaradi va har qanday vaziyatda xavfli hisoblanadi. Shuning uchun himoyada o‘ta tartibli bo‘lishimiz kerak. Shu bilan birga, to‘p o‘zimizga o‘tganda, ularga muammo tug‘dirishga harakat qilishimiz lozim”, deydi Kannavaro.

“Maydonda do‘st bo‘lmaysiz”

Murabbiyning fikricha, o‘yinchilar yulduzlarga hurmatni saqlagan holda faqat o‘z ishiga diqqat qaratishi talab etiladi:

“Har bir jamoaning kuchli va zaif tomonlari bo‘ladi. Biz raqibning kuchli jihatlarini imkon qadar cheklab, zaif tomonlaridan foydalanishga intilishimiz kerak. Ha, albatta, Ronaldu — buyuk futbolchi va katta yulduz, ammo hushtak chalinib o‘yin boshlangach, bularning barchasini unutish kerak. Biz faqat o‘z vazifamizga e’tibor qaratishimiz shart. Maydondan tashqarida futbolchilar o‘rtasidagi munosabatlar juda yaxshi bo‘lishi mumkin, ammo maydonda siz do‘st emassiz. U yerda faqat o‘z jamoangiz manfaatini o‘ylashingiz kerak bo‘ladi”.

“Biz hamma raqiblarni hurmat qilamiz, ammo...”

Fabio Kannavaro JCH—2026 dagi maqsadlar xususida gapirarkan, jamoamiz xalqaro maydonda o‘zining ijobiy qiyofasini yaratishini ta’kidladi:

“Umuman olganda, O‘zbekistonni Jahon chempionatida ilk bor qatnashayotgan, lekin kuchli raqiblardan qo‘rqmaydigan jamoa sifatida eslab qolishlarini istayman. Biz chiroyli futbol ko‘rsatadigan, to‘g‘ri shakllangan va intizomli jamoa sifatida tanilishni niyat qilganmiz. Shuningdek, barcha raqiblarni hurmat qilamiz va o‘zimizga ham shunday hurmat bilan munosabatda bo‘lishlarini xohlaymiz”.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hamda Portugaliya terma jamoasi o‘rtasidagi bahs 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.  ​

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:22, 22.06.2026.
O'qildi: 1090 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик