Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Eldor Shomurodov: «Portugaliyaga qarshi o‘yinda yaxshi natija uchun maydonga chiqamiz»

Eldor Shomurodov: «Portugaliyaga qarshi o‘yinda yaxshi natija uchun maydonga chiqamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Portugaliyaga qarshi o‘yin oldidan rasmiy matbuot anjumani ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Albatta, bizda bosim yo‘q. Shu sababli ertaga Portugaliyaga qaraganda bizga osonroq bo‘ladi, deb o‘ylayman. Bizda ajoyib jamoa shakllangan. Birinchi o‘yindan keyin bizda ishonch shakllangan, biz allaqachon debyut qilib bo‘ldik. Biz ertaga yaxshi natija uchun maydonga chiqamiz.

— Biz raqibimizning birinchi turdagi o‘yinining natijasiga ahamiyat bermadik. Bu haqida hozir o‘ylashning payti emas. Balki uchinchi turdan keyin buni muhokama qilarmiz, hozir biz uchun eng asosisi ertangi bahs.

— Kolumbiyaga qarshi birinchi bo‘limda murabbiy ko‘rsatmalarini to‘liq bajara olmaganimiz evaziga xatolar kelib chiqdi, deb o‘ylayman. Ertaga bunday xatolarni takrorlamasdan, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga, to‘pni ko‘proq nazorat qilib, vaziyatlar yaratishga harakat qilamiz.

— Hammasi yaxshi. Hayajon bo‘lishi tabiiy, biroq maydonga chiqqan birinchi daqiqamizdanoq bu esdan chiqadi.

— Biz Abbos bilan klubda ham birga o‘ynaymiz. Mashg‘ulotlarda ham doimo birgamiz. Shu sababli ham bir-birimizni o‘zaro yaxshi tushunamiz, desam bo‘ladi.

Eng muhimi — bir jamoa bo‘lib, yaxshi natija qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:32, 23.06.2026.
O'qildi: 1403 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик