Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Yuventus» uchta futbolchini sotib olmoqchi

«Yuventus» uchta futbolchini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida jamoa tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «La Gazzetta dello Sport» jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «keksa sinyora»ning qiziqishlari doirasida bir yo‘la bir nechta futbolchi bor. Italiya grandi safini darvozabon Emiliano Martines («Aston Villa»), shuningdek, himoyachilar Kim Min Je («Bavariya») va Tariq Muharemovich («Sassuolo») to‘ldirishi mumkin.

Italiya A Seriyasining o‘tgan mavsumida Turin jamoasi 69 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egalladi. «Keksa sinyora» UEFA Yevropa Ligasining keyingi mavsumida ishtirok etadi.

Kiritildi: 14:09, 23.06.2026.
O'qildi: 1494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик