Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Tuxel: «Rays — dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri»

Tuxel: «Rays — dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa yarim himoyachisi Deklan Rays haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Men uning murabbiyi ekanimdan faxrlanaman. U dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri. U kamtar, jamoa uchun ishlashga, jamoaga bor kuch va quvvatini berishga tayyor. U butun faoliyati davomida har kuni o‘rganib bormoqda», — deya Tuxelning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Jahon chempionati – 2026 guruh bosqichining birinchi turida Angliya terma jamoasi Xorvatiyani 4:2 hisobida mag‘lub etgan edi. Rays maydonda 72 daqiqa harakat qildi va o‘z hisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

23 iyun kuni Tuxel shogirdlari Gana bilan to‘qnash kelishadi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan 24 iyun kuniga o‘tar kechasi soat 01:00 da chalinadi.

Kiritildi: 14:16, 23.06.2026.
O'qildi: 769 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик