Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays JCH-2026 2-turida Gana bilan durangdan (0:0) keyin jamoa ijobiy kayfiyatni saqlab qolishini ma’lum qildi.
«Raqibning 11 nafar o‘yinchisi ham chuqur himoyalanganda o‘ynash hamisha qiyin, ammo yechimlarni izlash kerak. Oxirgi 10 daqiqada bizga omad yetishmadi va gol ura olmadik.
Panamaga qarshi o‘yinda guruhda birinchi o‘ringa ko‘tarilib olish uchun bizda hali ham ajoyib imkoniyat bor, shuning uchun ijobiy kayfiyatdamiz. Raqib juda zich o‘ynadi – to‘psiz 5-4-1 sxemasida – va ularda bo‘sh maydon kam edi, ammo boshqa tomondan, to‘pga egalik qilgan holda bundan ham yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin.
Gananing xizmatlarini e’tirof etish kerak. Qiyin bo‘ldi, ularda yaxshi futbolchilar bor, shuning uchun bu o‘yin oson bo‘lishi mumkin emasdi. Guruhda g‘olib chiqish uchun oldimizda yana bitta o‘yin qoldi, shu sababli optimizmni saqlab qolish lozim. Ko‘plab top-terma jamoalar birinchi turda durang o‘ynashdi, shuning uchun pessimizmga hech qanday sabab ko‘rmayapman. Biz ijobiy kayfiyatni saqlab qolamiz», — dedi Rays.













