Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

Mourinyo «Real»ning muammolari haqida fikr bildirdi

Mourinyo «Real»ning muammolari haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -1

Madridning «Real» klubi yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo klubning muammolari haqida nimalar o‘ylayotganini aytib berdi.

«Qaymoqranglilar» o‘tgan mavsumni sovrinlarsiz yakunlashdi, shundan so‘ng Florentino Peres 13 yil oldin jamoadan ketgan Mourinyoni bosh murabbiylik postiga qaytarishga qaror qildi.

«Real»ning o‘ziga xos tarixi bor — bu juda ko‘p ajoyib futbolchilar haqida emas, balki klub va sovrinlar haqidadir. Albatta, qiyin damlar ham bo‘lib turadi. Ba’zan hatto «Real» ham o‘zi o‘rganganidek doimiy ravishda g‘alaba qozona olmaydi. Gohida hammasini yangitdan qurish, qayta qurish talab etiladi. Ammo g‘alaba qozonish — ko‘plab turli jihatlardan dunyoning eng buyuk klubi bo‘lmish «Real» DNKsining bir qismidir», — deya «Madrid Universal» portugaliyalik mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Joze Mourinyo madridliklarni 2010 yildan 2013 yilgacha boshqargan edi. Uning hozirgi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:15, 24.06.2026.
O'qildi: 1313 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик