Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Kazemiro «Inter Mayami» bilan shartnoma imzoladi

Kazemiro «Inter Mayami» bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro Amerikaning «Inter Mayami» klubi a’zosiga aylandi. Bunday bayonotni insayder Nikolo Skira berdi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv to‘liq yakunlangan. Kazemiro «Inter Mayami»ga erkin agent maqomida qo‘shildi va klub bilan 2028 yilning dekabrigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Lionel Messi to‘p suradigan klubga ko‘chib o‘tish uchun xavbek Saudiya Arabistonidan bo‘lgan saxovatli taklifni rad etdi, shuningdek, uchta Yevropa jamoasiga rad javobini berdi.

Kazemiro 2022 yildan 2025 yilgacha «Manchester Yunayted» safida to‘p surgan. Premyer-liganing ortda qolgan mavsumida u 34 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘qqizta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:45, 26.06.2026.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик