Jorjina Rodriges Krishtianu Ronalduning 41 yoshida ham futbolga bo‘lgan ishtiyoqi saqlanib qolayotganini aytdi.
"Men unga ko‘pincha: “Krish, senda hamma narsa bor, endi hayotdan biroz ko‘proq zavqlansang-chi”, deyman. U esa: “Sizlar men uchun hamma narsasiz, futbol esa mening ishtiyoqim”, deb javob beradi.
Ajablanarlisi shundaki, u bilan tanishgan kunimdagi futbolga bo‘lgan motivasiyasi hozir ham o‘zgarmagan. U hech qachon o‘zini ayamaydi. Odamlar qachon faoliyatini yakunlashi haqida so‘rashadi. Ochig‘i, u 50 yoshgacha ham o‘ynashi mumkin", — dedi Jorjina.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya milliy terma jamoasi JCH–2026 guruh bosqichining ikkinchi turida O‘zbekiston milliy terma jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur uchrashuvda Ronaldu dubl qayd etib, bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.













