Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/06 05:00 Urugvay 0-1 Ispaniya
27/06 05:00 Kabo-Verde 0-0 Saudiya Arabistoni
27/06 08:00 Misr 1-1 Eron
27/06 08:00 Yangi Zelandiya 1-5 Belgiya
28/06 02:00 Panama 0-2 Angliya
28/06 02:00 Xorvatiya 2-1 Gana
28/06 04:30 Kongo DR 3-1 O‘zbekiston
28/06 04:30 Kolumbiya 0-0 Portugaliya
28/06 07:00 Jazoir 3-3 Avstriya
28/06 07:00 Iordaniya 1-3 Argentina

«Ronalduga qarshi o‘ynash — bu bir umrlik orzu» — Vitaliy Denisov

«Ronalduga qarshi o‘ynash — bu bir umrlik orzu» — Vitaliy Denisov

Baho:
+ | -

AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tayotgan JCH-2026 turnirining guruh bosqichi 2-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga mag‘lub bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasining sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov ushbu uchrashuv hamda Krishtianu Ronalduning harakatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Televizor orqali o‘yinlarini tomosha qilib, unga qarshi yashil maydonda to‘p surishni orzu qilgan yosh futbolchilarimiz uchun bu unutilmas voqea bo‘ldi. Ronaldu — futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchilardan biri. U guruhimizdagi o‘yinda ham o‘z so‘zini ayta olishini, har qanday vaziyatda o‘yin taqdirini hal qila oladigan darajada xavfli ekanini yana bir bor isbotladi. Uning maydonda borligining o‘zi Portugaliya termasiga qo‘shimcha ishonch bag‘ishlaydi”, deydi Vitaliy Denisov.

O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtirokiga to‘xtalar ekan, Denisov grand jamoalarga qarshi o‘yinlardagi tezlik va bosim kelajakda futbolchilarning o‘sishiga xizmat qilishini bildirdi:

“Mundialda oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Portugaliya kabi grand jamoalarga qarshi o‘ynash yigitlarimiz uchun katta dars. To‘g‘ri, natija biz kutgandek bo‘lmadi, ammo jahon darajasidagi tezlik va bosimni his qilish kelajakda terma jamoaning o‘sishiga xizmat qiladi. Eng muhimi — ruhan sinib qolmaslik va navbatdagi hal qiluvchi uchrashuvlarga munosib tayyorgarlik ko‘rish”, dedi O‘zbekiston terma jamoasining sobiq a’zosi.

Ma’lumot uchun, K guruhida Kolumbiya 6 ochko bilan birinchi, Portugaliya 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Kongo hisobida 1 ochko mavjud bo‘lsa, O‘zbekiston o‘tkazilgan ikki turdan so‘ng ochko jamg‘armagan. 3-tur doirasidagi Kongo hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 28-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 04:30 da Atlanta shahridagi “Mercedes-Benz” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 15:57, 26.06.2026.
O'qildi: 700 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик