Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

«Inter» Espozito bilan shartnomani uzaytirmoqchi

«Inter» Espozito bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Baho:
+ | -

«Inter» o‘z tarkibida hujumchi Franchesko Pio Espozitoni saqlab qolmoqchi.

Jurnalist Matteo Moretto bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Milan klubi yosh futbolchining shartnoma shartlarini yaxshilash va uni uzaytirish bo‘yicha uning agenti Mario Juffredi bilan muzokaralarni boshlagan. Espozitoning o‘zi ham «Inter»da qolishni afzal ko‘rmoqda, shu sababli yangi kelishuvga erishish qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Franchesko Pio Espozito «Inter» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:09, 28.06.2026.
O'qildi: 854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик