Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya 1-1 Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

«Manchester Siti»ning qimmatbaho yangi a’zosi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

«Manchester Siti»ning qimmatbaho yangi a’zosi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Baho:
+ | -

«Nottingem Forest» klubi yarim himoyachisi Elliot Anderson «Manchester Siti»ga rasmiy ravishda o‘tishga yana bir qadam yaqinlashdi.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi yakshanba kuni transferni yakunlash uchun Kanzas shahrida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Ushbu bitim Angliya terma jamoasining Jahon chempionatidagi navbatdagi o‘yiniga qadar rasmiylashtirilishi kutilmoqda. Transfer bahosi 116 million funt sterlingni (taxminan 135 million yevro) tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya milliy terma jamoasi mundialning 1/16 finali doirasida Kongo DR terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 1 iyul kuni bo‘lib o‘tadi va o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi. Elliot Anderson «uch sherlar»ning guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarida asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Kiritildi: 12:15, 29.06.2026.
O'qildi: 1190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик