Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

JCH-2026 guruh bosqichi o‘yinlariga 4,6 milliondan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi

JCH-2026 guruh bosqichi o‘yinlariga 4,6 milliondan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi uchrashuvlarini stadionlardan turib jami 4,6 milliondan ziyod muxlis tomosha qildi.

«Jahon chempionati guruh bosqichi statistikasi turnirning naqadar ulkan miqyosda o‘tayotganini ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkichlar futbol maydonidan ham tashqariga chiqib, muxlislarning barcha jabhalardagi faolligini qamrab oldi: o‘yinlarga tashrif buyurgan 4 644 549 nafar insondan tortib, stadionlarda yeyilgan 300 000 ta xot-doggacha», — deyiladi tashkilot bayonotida.

Jahon chempionatlari tarixidagi umumiy tashrif bo‘yicha rekord aynan shu safargi guruh bosqichi o‘yinlari davomidayoq yangilanishga ulgurdi.

Bundan avvalgi rekord 1994 yili AQSHda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida qayd etilgan edi. O‘shanda turnir bahslarini stadionlardan jami 3 587 538 nafar muxlis kuzatgandi.

Ma’lumot uchun, musobaqaning guruh bosqichida 72 ta uchrashuv o‘tkazildi. Turnir davomida jami 104 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 19:50, 29.06.2026.
O'qildi: 768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик