Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya 1-1 Misr
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana

Irlandiya — Isroil uchrashuvi tomoshabinlarsiz o‘tadigan joy ma’lum qilindi

Irlandiya — Isroil uchrashuvi tomoshabinlarsiz o‘tadigan joy ma’lum qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Millatlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan Irlandiya va Isroil terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Serbiyada bo‘lib o‘tadi. Bahs 4 oktyabr kuni Bachka-Topola shahrida o‘tkaziladi.

Irlandiya futbol assosiasiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur o‘yin stadionga tomoshabinlar kiritilmagan holda tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv joyining o‘zgartirilishiga irlandlarning xavfsizlik nuqtai nazaridan hamda mamlakatdagi radikallashgan aholi kayfiyatini inobatga olib, UYEFAga qilgan murojaati sabab bo‘lgan.

Javob uchrashuvi ham neytral maydonda — Vengriyaning Debresen shahrida bo‘lib o‘tadi. Irlandiya tomoni Falastin mojarosini vaj qilib ko‘rsatgan holda, Isroilni musobaqalardan chetlatishni talab qilgan edi.

O‘z navbatida, FIFA xalqaro huquq nuqtai nazaridan hudud maqomining noaniqligini vaj qilib, Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi Isroil klublarini chetlatmaslik haqida qaror chiqargan.

Kiritildi: 23:14, 29.06.2026.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик