Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Pas «Komo»da qolish qarorini tushuntirdi

Pas «Komo»da qolish qarorini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Hujumkor yarim himoyachi Nikolas Pas 2026/2027 yilgi mavsumda ham «Komo» safida to‘p surishni davom ettiradi. Avvalroq «Real» Pas A Seriya klubida o‘ynashda davom etishini, biroq madridliklar bir yildan so‘ng futbolchini qayta sotib olish huquqiga ega bo‘lishini e’lon qilgan edi.

21 yoshli Niko Pas ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida o‘z kelajagi borasidagi qarorini tushuntirib, post qoldirdi.

«Bir necha hafta davom etgan fikrlashlardan so‘ng, faoliyatim uchun ayni damdagi eng yaxshi variant — menga o‘sish va bugungi darajamdagi futbolchiga aylanish imkoniyatini bergan klubda yana bir yil qolish degan qarorga keldim. Shaxsan o‘zim bu ham men uchun, ham "Real" uchun eng to‘g‘ri qaror deb hisoblayman», — deb yozdi Pas.

Niko Pas, shuningdek, yangi mavsumda futbolchi sifatida yanada rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, «Komo» 2026/2027 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

Kiritildi: 13:36, 30.06.2026.
O'qildi: 828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик