Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Pol Pogba 2026 yilgi jahon chempionatida qaysi hujumchi eng yaxshi o‘yin ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.
«Monako» yarim himoyachisi o‘z milliy jamoasidagi sobiq jamoadoshi Kilian Mbappeni alohida e’tirof etdi. «Uchranglilar» sardori Shvesiyaga qarshi kechgan 1/16 final uchrashuvida (3:0) dubl qayd etgan edi.
«Hujumchilar orasida mening tanlovim — bu Mbappe. U bilan birga o‘ynaganingizda, u o‘yin taqdirini bir o‘zi o‘zgartirib yuborishi mumkinligini tushunasiz. U to‘pni qabul qilib, hammasini yolg‘iz o‘zi bajarishga qodir — boshqa hech kim buni bunday qila olmaydi. Men ushbu ta’rifga mos keladigan boshqa biror bir futbolchini bilmayman», — deya Pogbaning so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.
Kilian Mbappe ayni paytda Lionel Messi bilan birga JCH-2026 to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda — har ikki futbolchi ham turnirda oltitadan gol urishga ulgurgan.













