Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

Kamada APLda qolishni YECHLdan ustun qo‘ymoqda

Kamada APLda qolishni YECHLdan ustun qo‘ymoqda

Baho:
+ | -

Yaponiya terma jamoasi yarim himoyachisi Daichi Kamada Jahon chempionatini tark etganidan so‘ng o‘z kelajagi haqida gapirdi.

Yaponiyaliklar turnirdagi ishtiroklarini 1/16 final bosqichida Braziliyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib yakunlashdi. Kamadaning «Kristal Pelas» bilan shartnomasi 30 iyun kuni o‘z nihoyasiga yetdi.

«Ochig‘ini aytsam, men uchun «Kristal Pelas»dan ustunroq faqat top-klublar bor, xolos. Biz yevrokuboklarda o‘ynayapmiz, bu — London. Oilam bu yerdagi hayotga to‘liq ko‘nikib bo‘lgan. Barcha omillarni hisobga olsak, «Kristal Pelas»dan yaxshiroq klub topish juda qiyin», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Soccer Digest nashri.

«Hozirgi vaqtda Angliya chempionatida to‘p surish men uchun Chempionlar ligasida g‘oliblik uchun kurashish bilan bir xil ahamiyatga ega. Ha, hali hech narsa hal bo‘lgani yo‘q, lekin men vaziyatga aynan shunday nigoh bilan qaramoqdaman», — deya qo‘shimcha qildi Kamada.

Kamada «burgutlar» safida 2024 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U jamoa bilan birga Angliya Kubogi va Superkubogini, shuningdek, UYEFA Konferensiyalar ligasini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 17:31, 01.07.2026.
O'qildi: 804 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик