Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Fabian Ruis Jahon chempionatining 1/16 finalidan o‘rin olgan Avstriyaga qarshi o‘yin oldidan jamoadagi muhit haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ruis jismoniy holati bilan bog‘liq muammolar asta-sekin ortda qolganini ta’kidlab o‘tdi:
«Jarohatdan so‘ng avvalgi tezlik va ritmimni tiklab olish men uchun biroz qiyin kechdi, biroq hozir maydonga tushishga 100 foiz tayyorman», — deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Telegraph nashri.
Yarim himoyachining qo‘shimcha qilishicha, murabbiylar shtabi maydon markazida biryo‘la bir nechta futbolchilardan faol foydalanayotgani (rotasiya qilayotgani) Ispaniya terma jamoasining umumiy o‘yin uslubiga ta’sir o‘tkazmaydi.
«Kim o‘ynashining ahamiyati yo‘q — muhimi, biz bir-birimizni qo‘llab-quvvatlayotganimizda. Barchamiz futbolni bir xil tushunamiz. Markazdagi istalgan futbolchi maydonga tushib, jamoaga yordam bera oladi».
Ispaniya va Avstriya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 2 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.













