Jurnalist Fabrisio Romano «X» ijtimoiy tarmog‘ida «PSJ» va Fransiya terma jamoasi vingeri Bredli Barkola atrofidagi vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Angliyaning «Liverpul» klubi futbolchiga faol tarzda qiziqish bildirishda davom etmoqda.
Avvalroq «PSJ» joriy transfer oynasida Barkolani sotish niyatida emasligi haqida xabar berilgan edi. Insayderning so‘zlariga ko‘ra, agar parijliklar «RB Leypsig» vingeri Yan Diomande hamda «Monako» yarim himoyachisi Magnes Akliushni sotib oladigan bo‘lsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin. Fransiya klubining har ikki futbolchiga qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, agar ushbu transferlar amalga oshsa, «PSJ» katta miqdordagi taklif tushgan taqdirda Barkola borasidagi qarorini o‘zgartirishi mumkin.













