Kirish Ro'yxatdan o'tish

Palinyaning keyingi mavsumda qaysi klubda to‘p surishi ma’lum bo‘ldi

Palinyaning keyingi mavsumda qaysi klubda to‘p surishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

30 yoshli yarim himoyachi Joau Palinya «Tottenxem»dagi ijara muddati yakunlanib, ortga qaytganidan so‘ng «Bavariya»da qoladi. Bu haqda taniqli jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «shporlar» Sandro Tonali va Mateush Fernandeshni sotib olganidan keyin, Palinya bo‘yicha bitimdan voz kechishgan. 30 yoshli xavbekka qiziqish bildirgan «Sporting» klubi ham «Bavariya»ning katta moliyaviy talablari tufayli uni sotib olishi amrimahol.

Yakunlangan mavsumda Palinya «Tottenxem» tarkibida barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Portugaliyalik futbolchining «Bavariya» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 17:55, 03.07.2026.
O'qildi: 651 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик