Yarim himoyachi Federiko Valverde yangi mavsumda ham «Real»da o‘ynashda davom etadi.
Marca nashrining xabar berishicha, OAVdagi turli bayonotlar va mish-mishlarga qaramay, urugvaylik xavbek «qaymoqranglilar»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyoning asosiy va kalit futbolchilaridan biri hisoblanadi. Portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida Valverde yuz foiz boshlang‘ich tarkib o‘yinchisi bo‘ladi.
Federiko Valverde 2016 yilda «Penyarol»dan 5 million yevro evaziga «Real»ga o‘tgan edi. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi «slivoslar» safida barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Valverdening transfer qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.













