Kolumbiya terma jamoasi markaziy hujumchisi Jon Kordoba JCH-2026ning 1/16 finalidan o‘rin olgan Gana terma jamoasiga qarshi uchrashuvning boshida zaxiraga olingan edi. Hujumchi jarohati sababli o‘yinni davom ettira olmadi.
Klub miqyosida «Krasnodar» sharafini himoya qiluvchi tajribali forvardning jarohati tafsilotlari haqida insayder Pipe Syerra ma’lum qildi.
«Kordoba keskin og‘riq his qilgan. Unda mushak jarohati bor. Endi u shifokorlar nazorati ostida tiklanish jarayonini o‘tadi. Tez orada uning jarohati qanchalik jiddiy ekanligi va Jonning turnirdagi ishtirokini davom ettira olish-olmasligi aniq bo‘ladi», — deyiladi jurnalistning ijtimoiy tarmoqdagi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv kolumbiyaliklarning 1:0 hisobidagi minimal g‘alabasi bilan yakunlangan edi.













