Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Anchelotti Norvegiyaga qarshi o‘yin oldidan Neymarning holati haqida gapirdi

Anchelotti Norvegiyaga qarshi o‘yin oldidan Neymarning holati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Jahon chempionati — 2026ning 1/8 finalidan o‘rin olgan Norvegiyaga qarshi bahs oldidan jamoa yulduzi Neymarning jismoniy holati haqida to‘xtaldi.

«Neymar butun o‘yin davomida maydonda harakat qilishga qodir. U zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishga aslo rozi bo‘lmaydi, haqiqiy professionaldek mehnat qilmoqda va a’lo darajada shug‘ullanyapti. Jamoada uni juda qadrlashadi va hurmat qilishadi. Neymar terma jamoa uchun o‘ta muhim figura. Men uning mehnatidan mutlaqo qoniqyapman», — deya italiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Globo Esporte.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya va Norvegiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakshanba, 5 iyul kuni Nyu-Yorkdagi stadionda bo‘lib o‘tadi. Bosh hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan 6 iyulga o‘tar kechasi soat 01:00 da chalinadi.

Kiritildi: 12:12, 04.07.2026.
O'qildi: 479 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик