Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

«Real» Mourinyo istayotgan himoyachini 60 million yevroga sotib olishi mumkin

«Real» Mourinyo istayotgan himoyachini 60 million yevroga sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni hali ham Madridning «Real» klubiga o‘tishi mumkin.

«Qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Joze Mourinyo mudofaa markaziga yana bir futbolchi sotib olinishini talab qilmoqda va «The Special One»ning fikricha, italiyalik himoyachi uning talablariga to‘liq javob beradi. Shu bilan birga, Diario AS nashrining xabar berishicha, «qirollik klubi» «neradzurrilar» yulduzini avval taxmin qilinganidek 70 million va undan qimmatroqqa emas, balki 60 million yevroga qo‘lga kiritishi mumkin.

Alessandro Bastoni o‘tgan mavsumda «Inter» safida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt ekspertlari markaziy himoyachining transfer bahosini 65 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 12:14, 04.07.2026.
O'qildi: 1301 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик