Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Chilavert Fransiya terma jamoasini «Afrika jamoasi» deb atadi

Chilavert Fransiya terma jamoasini «Afrika jamoasi» deb atadi

Baho:
+ | -

Paragvay terma jamoasining sobiq darvozaboni va sardori Xose Luis Chilavert Jahon chempionatining 1/8 finali doirasidagi Fransiyaga qarshi o‘yin oldidan shov-shuvli bayonot bilan chiqdi.

60 yoshli sobiq futbolchi o‘z ijtimoiy tarmoqlarida Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Kristof Dyugarrining fransuzlar Paragvayni hech qanday muammosiz tor-mor etishi haqidagi fikri aks etgan skrinshotni joylashtirdi. Bunga javoban Chilavert shunday deb yozdi:

«Kristof, sen haqsan. 1998 yilda biz Fransiyaga qarshi o‘ynagan edik, endi esa Paragvay Afrikadan kelgan jamoa bilan to‘qnash keladi».

Sobiq darvozabonning ushbu so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Fransiya futbol federasiyasi hozircha Chilavertning gaplariga hech qanday munosabat bildirmadi.

1998 yilgi o‘z uyida o‘tgan jahon chempionatining 1/8 finalida fransuzlar «oltin gol» evaziga Paragvayni 1:0 hisobida mag‘lub etishgan edi. Endi jamoalar dunyo birinchiligining xuddi shu bosqichida yana to‘qnash kelishadi. Uchrashuv 5 iyulga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 15:40, 04.07.2026.
O'qildi: 1594 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик