Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

Javohir Sindarov AQSHdagi rapid turnirida chempion bo‘ldi

Javohir Sindarov AQSHdagi rapid turnirida chempion bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov AQSHda ilk bor tashkil etilgan Daniel Narodiskiy xotira turnirining rapid yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Amerikalik grossmeyster, sharhlovchi va strimer Daniel Narodiskiy xotirasiga bag‘ishlangan musobaqada Sindarov yetti tur yakuniga ko‘ra 6 ochko jamg‘arib, hindistonlik grossmeyster Aravind Chitambaram bilan birinchi o‘rinni bo‘lishdi. G‘olib nomi blis tay-breyk orqali aniqlandi va unda o‘zbekistonlik shaxmatchi raqibini har ikki partiyada ham mag‘lub etib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Ushbu g‘alaba evaziga u FIDE rapid onlayn reytingida 7-o‘ringa ko‘tarildi.

Musobaqa davomida Javohir Sindarov Shelev Oberoi, Niko Chasin, Mark Hayman, Robert Hess, Dariush Sverch, Oydin Sulaymonli hamda Aravind Chitambaramni ikki bor mag‘lub etdi. Uning turnirdagi yagona mag‘lubiyati amerikalik grossmeyster Endi Vudvordga qarshi bahsda qayd etildi.

Musobaqadagi g‘alabadan so‘ng Javohir Sindarov turnirning o‘zi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidladi.

“Men bu yerga shunchaki Daniel Narodiskiy xotirasi uchun shaxmat o‘ynashga keldim va bu menga juda yoqdi. Hammasi ajoyib bo‘ldi. Umid qilamanki, bu turnir har yili o‘tkaziladi. Menimcha, Narodiskiy shaxmat olamidagi eng mehribon insonlardan biri edi. Odatda strimerlar haqida turli taassurotlar bo‘ladi, ammo u bilan shaxsan tanishganimdan keyin uning naqadar samimiy va yaxshi inson ekaniga amin bo‘ldim”, — deya fikr bildirdi Sindarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Daniel Narodiskiy bilan mingdan ortiq turli formatdagi shaxmat partiyasida kuch sinashgan.

Ushbu turnir doirasidagi blis musobaqasi 4 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.



Daniel Narodiskiy dunyoning eng kuchli tezkor shaxmat ustalaridan biri sifatida tanilgan va uzoq yillar jahon reytingining kuchli 25 taligidan joy olib kelgan.

Ma’lumot uchun, Narodiskiy faoliyati davomida 2007 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati, 2013 yilgi AQSH yoshlar chempionati va 2025 yilgi AQSH blis chempionatida g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, YouTube va Twitch platformalaridagi ta’limiy videolari hamda professional sharhlari orqali millionlab shaxmat ixlosmandlari e’tiborini qozongan.

U 2025 yil 19 oktyabr kuni 29 yoshida sarkoidoz kasalligi asoratlari tufayli vafot etgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:53, 04.07.2026.
O'qildi: 1855 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик