Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

«Arsenal» vingerini Turkiyaga qo‘yib yuborishga tayyor

«Arsenal» vingerini Turkiyaga qo‘yib yuborishga tayyor

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» va Istanbulning «Beshiktosh» klublari Leandro Trossarning transferini o‘zaro kelishib olishdi. Sky Sports nashrining xabariga ko‘ra, «qora burgutlar» belgiyalik vinger uchun Angliya chempioniga 20 million yevro to‘laydi.

Ayni paytda Trossarning «Arsenal» bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolgan. U «Brayton»dan o‘tganidan so‘ng, uch yarim yildan beri London klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Hozirda Trossar Belgiya terma jamoasi tarkibida Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Chap qanot hujumchisi 31 yoshda.

Yakunlangan mavsumda Leandro «Arsenal» safida APL va UYEFA Chempionlar ligasi doirasidagi o‘yinlarda 7 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 09:26, 05.07.2026.
O'qildi: 734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик