Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Kloppning Germaniya terma jamoasidagi ehtimoliy yordamchilari ma’lum bo‘ldi — ro‘yxatda Lyov ham bor!

Kloppning Germaniya terma jamoasidagi ehtimoliy yordamchilari ma’lum bo‘ldi — ro‘yxatda Lyov ham bor!

Baho:
+ | -

Yurgen Kloppning Germaniya terma jamoasidagi murabbiylar shtabiga uning Dortmundning «Borussiya» va «Liverpul» klublaridagi sobiq yordamchisi Piter Kravis, shuningdek, Pep Leynders hamda «Bundestim»ning sobiq ustozi Yoaxim Lyov kirishi mumkin.

Bundan tashqari, Germaniya futbol ittifoqi (DFB) Klopp shartnoma asosida bog‘lanib qolgan «Red Bull» kompaniyasi bilan ham muzokaralar olib borishiga to‘g‘ri keladi. Mutaxassisning taqdirini Ralf Rangnik hal qiladi. Klopp terma jamoa tarixida transferi uchun pul to‘lanishi kerak bo‘lgan ilk bosh murabbiyga aylanishi mumkin.

Taniqli jurnalist Patrik Bergerning xabar berishicha, DFB vakillari aniq va maqsadli muzokaralar o‘tkazish uchun hozirda Klopp bo‘lib turgan AQSHga uchib ketishga tayyor turishibdi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi JCH–2026 musobaqasining 1/16 finalida Paragvayga penaltilar seriyasida yutqazib, turnirni tark etgan edi. Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Yulian Nagelsmann jamoa bosh murabbiyligidan ketdi.

Kiritildi: 12:38, 05.07.2026.
O'qildi: 612 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик