Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Mbappe Fransiyaning Marokash bilan uchrashuvi haqida: «O‘ylaymanki, Hakimiy menga yozib bo‘lgan»

Mbappe Fransiyaning Marokash bilan uchrashuvi haqida: «O‘ylaymanki, Hakimiy menga yozib bo‘lgan»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Jahon chempionatining 1/4 finali doirasidagi Marokashga qarshi bo‘lajak o‘yin haqidagi savolga javob berdi.

Fransuzlar 1/8 final bosqichida Mbappening penaltidan urgan goli evaziga Paragvayni minimal (1:0) hisobda mag‘lub etishdi. Avvalroq marokashliklar Kanada ustidan 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishgan edilar.

«O‘ylaymanki, Hakimiy menga yozib bo‘lgan. Marokash — juda kuchli jamoa, biz bor e’tiborimizni qaratishimiz kerak. Ularga qarshi o‘ynash yoqimli bo‘ladi», — dedi Madridning «Real» klubi forvardi o‘yindan keyingi intervyusida.

Uchrashuv 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. O‘tgan mundialda Fransiya va Marokash terma jamoalari yarim finalda to‘qnash kelishgan — o‘shanda «uch ranglilar» 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

Kiritildi: 15:16, 05.07.2026.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик