«Bavariya» va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Deotshankyul Upamekano jamoadoshi, Germaniya terma jamoasi himoyachisi Jonatan Ta JCH-2026 1/16 finalidan o‘rin olgan Paragvayga qarshi o‘yinda (1:1, penaltilar bo‘yicha — 3:4) penaltini golga aylantira olmaganidan so‘ng uning sha’niga bildirilgan irqchilik ruhidagi sharhlar haqida gapirdi.
«U bilan aloqada bo‘lib turibman. O‘yindan keyin unga yozdim va uning juda kuchli inson ekanligini bilaman. U bilan bir jamoada o‘ynayotganimdan juda xursandman — unda ajoyib mentalitet bor. Jonatan o‘sha penaltini o‘zi tepmoqchi bo‘ldi, chunki u doim shunday ruhiyat bilan ajralib turgan. U ham Germaniya terma jamoasi, ham «Bavariya» uchun juda muhim futbolchi. Nega haligacha bunday odamlar borligiga tushunmayman — men irqchilikni qabul qila olmayman. Ammo u bunga chalg‘ib qolmasligi kerak. Shunchaki oldinga harakat qilishda davom etish va bor kuchini berish lozim», — deya Yupamekanoning so‘zlarini Sky Sport Germany jurnalisti Kerri Xau keltirmoqda.
Jahon chempionati — 2026 AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tmoqda. Turnir 11 iyunda boshlangan bo‘lib, 19 iyulda yakuniga yetadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.













