Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

«Manchester Yunayted» «Bornmut» yulduzini sotib olmoqchi

«Manchester Yunayted» «Bornmut» yulduzini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Bornmut» klubining 22 yoshli markaziy yarim himoyachisi Aleks Skott faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Arsenal», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» klublari Skotning transfer narxini bilish maqsadida «Bornmut»ga so‘rov yuborishgan.

Qayd etilishicha, OAVda «Bornmut» joriy yozda Skotni qo‘yib yuborishni istamayotgani haqida xabarlar tarqalgan bo‘lsa-da, futbolchi baribir «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin. Ikkita mustaqil manbaning Konurga ma’lum qilishicha, «giloslar» yarim himoyachini «qizil iblislar»ga 93,6 million yevro evaziga sotishga rozilik berishgan.

O‘tgan mavsumda Skott barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 22:55, 05.07.2026.
O'qildi: 1690 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик