Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Blatter: «Qayoqqa qarab ketyapsan, FIFA?»

Blatter: «Qayoqqa qarab ketyapsan, FIFA?»

Baho:
+1 | -

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter JCH-2026 da AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning bir o‘yinlik diskvalifikasiyasi bekor qilinishi bilan bog‘liq janjal fonida tashkilotni tanqid qildi.

«Qizil kartochkalar siyosatchilarning telefon qo‘ng‘iroqlaridan keyin bekor qilinmaydi. Ular faqat qoidalar, dalillar va mustaqil organlarning qarorlari asosida qayta ko‘rib chiqiladi. Agar AQSH prezidenti vaziyatga aralashsa va shundan so‘ng o‘yinchi to‘satdan jahon chempionatining pley-off o‘yinida maydonga tushish huquqini qo‘lga kiritsa, bir savol tug‘ilishi tabiiy: qayoqqa qarab ketyapsan, FIFA?

Futbol hech qachon siyosiy kuchlar maydoniga aylanmasligi kerak», — deb yozdi sport funksioneri o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Yozef Blatter FIFAni 1998 yilning iyunidan 2015 yilning oktyabrigacha boshqargan. 2015 yilning dekabrida mulozim korrupsiya janjallari tufayli FIFAning etika qo‘mitasi tomonidan sakkiz yil muddatga futbol faoliyatidan chetlatilgan edi. 2016 yilning fevralida FIFA apellyasiya qo‘mitasi chetlatish muddatini olti yilgacha qisqartirdi. 2021 yilning martida tashkilotning rasmiy sayti etika kodeksining turli buzilishlari uchun Blatterning yana olti yil-u sakkiz oyga diskvalifikasiya qilinganini e’lon qildi.

Kiritildi: 15:27, 06.07.2026.
O'qildi: 1574 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик