Ilgariroq Italiyaning «Milan» klubi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Meyson Maunt xizmatlariga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq manbaning yozishicha, Angliya grandi futbolchini sotishni rejalashtirmayapti. Mauntning o‘zi ham «MYU»dan ketishni istamayapti. Futbolchi hozirda mavsum oldi mashg‘ulotlariga qaytish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. «Transfermarkt» portali o‘yinchining transfer qiymatini 25 million yevroga baholagan.
O‘tgan mavsumda Meyson Maunt barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarda yarim himoyachi 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













