Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Slot Niderlandiya terma jamoasi bilan muzokara o‘tkazdi

Slot Niderlandiya terma jamoasi bilan muzokara o‘tkazdi

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Arne Slot Niderlandiya milliy terma jamoasining yangi ustoziga aylanishi mumkin.

Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, Slot Ronald Kumanning iste’fosidan so‘ng Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlardan biri bo‘lib turibdi. Qayd etilishicha, tomonlar allaqachon dastlabki muzokaralarni o‘tkazishgan, biroq Niderlandiya terma jamoasining short-listidan (nomzodlar ro‘yxatidan) boshqa murabbiylarning ism-shariflari ham joy olgan.

Niderlandiya terma jamoasi Jahon chempionati — 2026da muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Kuman boshchiligidagi jamoa 1/16 finalda Marokashga imkoniyatni boy berib, mundialni tark etdi.

63 yoshli Kuman terma jamoada 2023 yildan buyon ishlab kelayotgan edi. Bu uning jamoadagi ikkinchi bor ish boshlashi edi.

Kiritildi: 16:20, 06.07.2026.
O'qildi: 428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик