Portugaliyalik mutaxassis Karlush Keyrush ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida bayonot berib, Gana milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etganini ma’lum qildi.
«Men bu sayohatni erishgan yutuqlarimizdan faxrlangan holda, shuningdek, doimo ko‘prog‘ini istaydiganlar uchun sog‘lom qoniqmaslik hissi bilan yakunlayapman», — deb yozdi Keyrush o‘z postida.
Eslatib o‘tamiz, Gana terma jamoasi Jahon chempionatida guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, 1/16 finalda Kolumbiyaga minimal 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Karlush Keyrush Gana terma jamoasini shu yilning aprel oyi o‘rtalaridan buyon boshqarib kelayotgandi. Avvalroq ushbu mutaxassis bir qator mamlakatlar, xususan, Ummon, Qatar, Eron, Misr, Kolumbiya va Portugaliya milliy terma jamoalarida ham faoliyat yuritgan.













