Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Tolisso «Lion» bilan shartnomasini uzaytiradi

Tolisso «Lion» bilan shartnomasini uzaytiradi

Baho:
+ | -

«Lion» yarim himoyachisi va sardori Korenten Tolisso yaqin vaqt ichida klub bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda «L'Équipe» nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan 31 yoshli futbolchi klub rahbariyati bilan bitimni yana ikki mavsumga uzaytirish borasida kelishib olgan. Rasmiy imzolanish hafta boshida kutilmoqda.

Yangi kelishuvning asosiy sharti futbolchining maoshi kamaytirilishi bo‘ladi. So‘nggi vaqtlarda «Lion» moliyaviy muammolarga duch keldi, buning oqibatida jamoa hatto Liga 1 ishtirokchilari safidan chetlashtirilish xavfi ostida qolgandi. Yakunda klubning maoshlar fondi va transfer xarajatlariga nisbatan qat’iy cheklovlar joriy etildi.

O‘tgan mavsumda Tolisso Fransiya chempionatida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:54, 06.07.2026.
O'qildi: 509 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик