Angliya terma jamoasi Jahon chempionati doirasida Meksikani ularning afsonaviy «Asteka» stadionida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan tarixdagi ilk jamoaga aylandi.
Inglizlar JCH-2026ning 1/8 finalida meksikaliklarni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ushbu uchrashuvga qadar Meksika terma jamoasi mazkur stadionda o‘tkazilgan 10 ta o‘yindan iborat JCH bahslarida umuman mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan edi.
Umuman olganda, Meksika o‘z uyidagi ushbu stadionda 2013 yildan beri rasmiy o‘yinlarda yutqazmagan edi (o‘shanda jamoa JCH-2014 saralashida Gondurasga imkoniyatni boy bergan). Bundan tashqari, meksikaliklar o‘z arenalarida 1999 yilning avgust oyidan buyon ilk bor o‘z darvozalaridan 3 ta to‘p olib chiqishdi (o‘shanda ular Braziliyani 4:3 hisobida mag‘lub etishgandi).
Ma’lumot uchun, «Asteka» stadioni dengiz sathidan 2200 metr balandlikda joylashgan.













